TADBIRKORNING TO‘RTINCHI KUTUBXONASI

Date:

Denov tuman kengashi deputati, tadbirkor Islom Xudoyberdiyev dastlab 18 ming kitob fondiga ega “Chag‘oniyon” kutubxona markazini bunyod etdi. So‘ng tumandagi 10-ixtisoslashtirilgan maktab internati hamda 69-, 90-maktablarning kitob fondini boyitdi. 82-maktabda “Usmon Azim” kutubxonasini ochdi. Bundan tashqari, u taqdir taqozosi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumaniga borib qoldi va u yerda ham “Termiziylar kutubxonasi”ni tashkil etdi.

Kuni kecha esa, u o‘zi o‘qigan 17-maktabda yana bir kutubxonani foydalanuvchilar ixtiyoriga topshirdi.

– Bu tadbirkor tomonidan aholiga tuhfa qilinayotgan to‘rtinchi kutubxona, –  deydi falsafa fanlari doktori Ra’no Salomova. – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti kutubxonasini shakllantirishda ham uning hissasi katta. Minglab kitoblarni o‘z hisobidan xarid qilib, kutubxonalar ochish uchun odamda yuksak ma’naviyat, jadid bobolarga maslakdoshlik hissi bo‘lishi kerak.

Aytgancha, bu yil 17-maktabning tashkil topganiga yuz yil to‘ldi. Shu munosabat bilan Denov tuman hokimi Ilhom Abrorov ta’lim dargohida bo‘lib, o‘quvchi, yoshlar bilan uchrashdi. Yangi kutubxonani ko‘zdan kechirdi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi vakillari, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti professor, o‘qituvchilari, maktab jamoasi va ota-onalar ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar ma’rifatparvar tadbirkor Islom Xudoyberdiyevga xayrli tashabbusi va himmati uchun minnatdorlik bildirishdi.

Jo‘raqul TURSUNOV,

faxriy jurnalist

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun