Manzilli ishlar amalga oshirilmoqda

Date:

Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi hamda Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining 2025-yil 2-apreldagi VII-6-70-8-117-K/25-sonli qarorlariga muvofiq, Termiz tumanida 2025-yilda aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida keng ko‘lamli infratuzilma ishlari olib borilmoqda.

Mazkur qarorlar asosida, mahalla oqsoqollari, deputatlar, mahalla raislari hamda faollar bilan hamkorlikda 21 040 metr ichki yo‘llarga issiq asfalt qoplamasi yotqizilishi rejalashtirilgan. Yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha tuzilgan dastlabki manzilli ro‘yxatga deputatlar tomonidan kiritilgan qo‘shimcha va takliflar inobatga olinib, bu maqsadlarga tuman mahalliy byudjetidan 3 milliard 995 million so‘m mablag‘ ajratildi.

Dastur doirasida “Qong‘irot” mahallasining Kelajak ko‘chasidagi 1 700 metr uzunlikdagi yo‘lga issiq asfalt qoplamasi yotqizilishi aholiga qulaylik yaratdi. Mazkur infratuzilma loyihalari tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, fuqarolarning kundalik hayotini yengillashtirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun