Pensiya murojaatsiz tayinlanadi

Date:

2025-yil 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№1066) bilan bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Ushbu o‘zgartirishlarning eng muhim jihatlaridan biri fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti sohasida proaktiv pensiya tayinlash tizimining joriy etilishi hisoblanadi.

Endilikda, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, fuqarolarning yoshi pensiya olishga yetgan taqdirda, ularning alohida murojaat qilmasdan proaktiv tarzda pensiya tayinlanadi. Bu tizim davlat tomonidan avtomatik ravishda, axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Biroq, fuqarolarga ushbu proaktiv tayinlangan pensiyani rad etish huquqi ham berilgan. Agar fuqarolar pensiyaning miqdoridan norozi bo‘lsa yoki o‘z mehnat faoliyatini davom ettirib, keyinchalik pensiyaga chiqishni istasa, ular pensiyani rad etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Pensiyani rad etish uchun fuqarolar o‘z arizalarini yoki davlat xizmatlari markazi, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi yoki “my.gov.uz” portali orqali 10 kun ichida yuborishlari lozim. Ushbu ariza yoki so‘rovnoma 10 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, pensiyani proaktiv tarzda tayinlash masalasi, fuqaroning pensiya yoshiga to‘lgan kuni o‘zida ko‘rib chiqilishi ta’minlanadi. Ushbu yangi tizim pensiya olish jarayonini soddalashtirish, fuqarolarga qulaylik yaratish hamda davlat xizmatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan.

U.Ergashev,

Viloyat prokurorining yordamchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilinj

— Xolajon, men o‘lmasam bo‘ladimi? — dedi karavotda yotgan...

Hosildorlik va samaradorlik ustuvor

Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish va kelgusi mavsumga...

Ijro tizimi to‘liq raqamlashtiriladi

Surxondaryo viloyatida aholi murojaatlari bilan ishlashda natijaga yo‘naltirilgan, shaffof...

Manzilli choralar ko‘rilmoqda

Sariosiyo tuman Elektr ta’minoti korxonasi tomonidan hududlarda yuzaga kelayotgan...
KunTun
KunTun