Bandixonliklar farovonlik sari odimlamoqda

Date:

Surxondaryo viloyatida ham “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi izchil amalga oshirilmoqda. Dastur ijrosi qay darajada ketayotganiga qiziqqan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Bandixon tumaniga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, “Chinor” mahalasida istiqomat qiluvchi fuqarolar Allamurod Avliyoqulov va Xo‘jamqul Mamayusupov tomonidan tomorqada archa ko‘chatlari va limon yetishtirish ishlari o‘rganildi.

Bundan tashqari, “Bektepa” mahalasida yashovchi oila misolida kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi. Shu mahallada joylashgan “Eko audit Surxon” MCHJga qarashli 1 gektar maydondagi zamonaviy issiqxona xo‘jaligida yaratilgan ish o‘rinlari hamda mahsulot yetishtirish jarayonlari bilan tanishuv bo‘lib o‘tdi.

Tashrif doirasida og‘ir toifadagi hudud sifatida belgilangan “Polvontosh” mahallasining sug‘orish tizimini yaxshilashga qaratilgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi. Nuroniylar va mahalla faollari ishtirokida umumiy uzunligi 5 kilometr bo‘lgan beton ariqlar tarmog‘i foydalanishga topshirildi.

Oldingi sahifaRaqibi nokdaunda…
Keyingi sahifaEhsonning mukofoti

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun