Tizim takomillashtiriladi

Date:

“Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-133-son, 01.04.2025-y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, hududlarda isteʼmolchilarni muqobil energiya resurslaridan foydalanishga o‘tkazish hamda energiya tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish orqali 2,5 milliard kVt soat elektr energiyasini va 1,1 milliard metr kub tabiiy gazni iqtisod qilishga erishish maqsadida quyidagilar belgilandi.
Jumladan, isteʼmolchilar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalanish hamda qo‘shimcha 74 mingdan ortiq obyektda jami quvvati 785 MVt bo‘lgan quyosh panellarini va 9 mingdan ortiq 1,2 million litrli quyosh kollektorlarini o‘rnatish hisobiga 1,6 milliard kVt soat elektr energiyasi tejaladi. Aholisi ijtimoiy jihatdan og‘ir ahvolda bo‘lgan 300 ta mahallada quvvati 100 MVtdan ortiq kichik quvvatli fotoelektr stansiyalarini barpo etish hisobiga 45 million metr kub, byudjet tashkilotlarida energiya tejamkor uskunalardan foydalanishni kengaytirish hisobiga 39 million metr kub tabiiy gaz tejaladi.
2025-yilda “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tishni jadallashtirish doirasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish, isteʼmolchilarni muqobil energiyaga o‘tkazish, energiya tejamkor va samarador texnologiyalarni joriy qilish dasturi tasdiqlanadi.
2025-yil 1-maygacha Energetika vaziriligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasining “Yashil imtiyoz” axborot tizimi hamkor tijorat banklarining tegishli axborot dasturlari bilan integratsiya qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun