“Joyilma”da suv muammo emas

Date:

Elektr energiyasi, gazsiz yashashimiz mumkin, ammo suvsiz yashab bo‘lmaydi. Suv obihayot, suv tiriklik manbayidir. Suv bo‘lsa, muammolar hal. Suv ichish va boshqa maqsadlar uchun ham zarurat bo‘lsa, suvdan elektr energiyasi ham olish mumkinligi siz-u bizga yaxshi ayon.Sho‘rchi tumanining suv tanqis bo‘lgan hududlaridan biri “Joyilma” mahallasida tashkil etilayotgan quduqlarni doimiy tarzda elektr quvvati bilan ta’minlash maqsadida Investitsiya vazirligining tashabbusi bilan ushbu quduqlarga quyosh panellari o‘rnatilmoqda.

Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi xodimi Bahodir Jamolov tuman hokimi Akbarali Ishmurzoyev hamrohligida quyosh panellarini o‘rnatish ishlari bilan tanishdi. “Joyilma” mahallasida har biri 20 quvvat bo‘lgan 2 ta quduqda quyosh panellarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun