“Chaqar”da yangi OP ochildi

Date:

Issiq jonning isitmasi bo‘ldi. Issig‘imiz chiqmasa-da, yilda bir necha marta tibbiy ko‘rikdan o‘tib qo‘yish kasalliklarni barvaqt aniqlashga xizmat qiladi. O‘zimiz yashaydigan hududda oilaviy poliklinika bo‘lsa-ku, tez-tez ko‘rikka borishimiz mumkin, aks holda…

Ana shunday jihatlarni inobatga olib, Uzun tumani aholisiga yangi tibbiy xizmatlarni taqdim etish maqsadida 73-sonli oilaviy poliklinika foydalanishga topshirildi. Ushbu yangi tibbiy muassasa hududning sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan katta qadam bo‘ldi.

Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimligi vakillari, tuman hokimi Xabibulla Bozorov, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Yangi poliklinika o‘z faoliyatini 4 ta Chaqar, Mustaqillikning 22 yilligi, Beshkapa va Tomchi mahallalari hududlarida joylashgan 1 910 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 12,286 nafar aholi uchun boshlaydi. Poliklinika faoliyatini amalga oshirish uchun 5 nafar shifokor, 36 nafar hamshira va boshqa tibbiyot xodimlari jalb qilingan. Ushbu yangilik aholi uchun sog‘liqni saqlash xizmatlarining yaxshilanishini ta’minlab, ularning tibbiy yordam olishda vaqt va masofani qisqartiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun