Ilg‘or tajribalardan foydalanib…

Date:

Bahorning ikkinchi oyi boshlanib, havo harorati ko‘tarilayotgan ayni kunlar qishloq xo‘jaligi ishlarini jadallashtirishga va kechiktirib bo‘lmaydigan agrotexnik tadbirlarning tez sur’atlarda bajarilishini taqozo qilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz, Angor, Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlariga tashrif buyurib, qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalar va agrotexnik tadbirlarning amalga oshirilish jarayoni bilan tanishdi. Tashrif chog‘ida Termiz tumanida 165 gektar maydonda sanoatlashgan bog‘ barpo etish loyihasi, Angor tumanidagi Markaziy pillaxonada xorijdan keltirilgan hosildor ipak qurti urug‘larini faollashtirish, ularni fermer xo‘jaliklari va kasanachilarga tarqatishga tayyorlash jarayonlari o‘rganildi. Shuningdek, Angor, Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlarida g‘alla parvarishi va chigit ekish tadbirlarining borishi ko‘zdan kechirildi.
Viloyat rahbari mazkur jarayonlar bo‘yicha mas’ul shaxslarning hisobotlarini tinglab, fermer xo‘jaliklariga mahsulot yetishtirishda yordam berish, ilg‘or tajribalarni keng joriy etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, samarali mehnat qilayotgan ilg‘or pillakorlar rag‘batlantirilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Bundan tashqari, chigit ekish va g‘alla parvarishi jarayonlarini tezlashtirish, yomg‘irli kunlarga qoldirmay g‘o‘za ko‘chatlarini undirishni sifatli tashkil qilish muhimligi ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chiqindidan elektr energiyasi

Surxondaryo viloyatida chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya olishga...

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun

Jarqo‘rg‘on tumanining Alisher Navoiy mahallasi “Ibn Sino” ko‘chasida mahalla...

“Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash”

Ayni mavzusidagi respublika insholar tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib...

10 gektar tutzor aholiga bo‘lib berildi

Termiz tumanining "Sabzipoya" mahallasida 10 gektar maydonda 30 ming...
KunTun
KunTun