Ayol borki…

Date:

Hayotimizning ko‘rki va fayzi, jamiyat va oilaning ustuni bo‘lgan xotin-qizlarimizni hurmat qilish dono xalqimiz uchun azaldan yuksak qadriyat bo‘lib kelgan. Zero, ular bilan hayotimiz mazmunli, xonadonlarimiz esa nurafshondir.

Bandixon tumanidagi 9-son Madaniyat markazida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayol borki, olam munavvar” nomli konsert dasturi bo’lib o’tdi. Konsert davomida yangragan kuy-qo’shiqlar yig’ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.

Konsertda 17-MFCHO’IM o’quvchilari tomonidan ayollarimizni ulug’lovchi sheʼrlar oʻqildi. Dilbar kuy-qo’shiqlar yangradi. Shoʻx-shodon qoʻshiqlar ohangidagi raqslar esa barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi. Bahoriy salat tayyorlash va sabzi to’g’rash musobaqalari esa barchani epchillikka, chaqqanlikka, tezkorlikka chorladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun