“Iste’molchilar uyi” foydalanishga topshirildi

Date:

Angor tumanida qad rostlagan o‘ziga xos innovatsion yechimga ega “Iste’molchilar uyi” foydalanishga topshirildi. Yangi maskanning ochilishida tuman hokimi Qosim Mardonov, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov, viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Dilbar Suvonova, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Marosimda so‘zga chiqqanlar mazkur bino ochilishi soha xodimlarining faoliyatini samarali tashkil etishlarida alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi. “Iste’molchilar uyi” qoshida “Iste’molchi kutubxonasi” ham tashkil etildi. Kutubxona fondidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va iste’molchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi meyoriy hujjatlar, siyosiy-iqtisodiy qo‘llanmalar, ma’rifiy, badiiy, ilmiy-ommabop kitoblar o‘rin olgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun