Giyohvandlikka qarshi kurash masalalari muhokama qilindi

Date:

Giyohvandlik, psixotrop moddalarga ruju qo‘yish holatlariga afsuski, duch kelmoqdamiz. Qurbon sifatida yoshlarni tanlanayotgani esa eng katta muammo bo‘lmoqda. Demak, holatga jiddiy qarash va kerakli choralarni ko‘rish lozim.
Surxondaryo viloyati hokimligida Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha hududiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi videoselektor shaklida o‘tkazildi. Tadbir “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalariga qarshi kurashish” tezkor-profilaktik tadbirlar oyligi doirasida tashkil etildi.
Yig‘ilishda aholi, ayniqsa, yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirish, narkojinoyatlarning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlarni belgilash hamda zamonaviy kurash usullarini tadbiq etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, giyohvandlikning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Mazkur yig‘ilish doirasida hududiy komissiya a’zolari tomonidan giyohvandlikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun