Kartoshka arzonlashdi

Date:

Kartoshka narxining oshib ketgani ko‘pchilikning norozichiligiga sabab bo‘lgani bor gap. Ayni muammoning oldini olish maqsadida Uzun tumanining “Obod yurt” mahallasida yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha ezgu tashabbusga qo‘l urildi. Ijara asosida ajratilgan yer maydonlarini daromad keltiradigan aktivga aylantirish, “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu ishlar tuman aholisining turmush darajasini oshirishga qaratilgan bo‘lib, yer resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, Uzun tuman hokimligi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan tashkil etilgan arzonlashtirilgan kartoshka yarmarkasi aholiga qulay narxlarda sifatli mahsulotlarni taqdim etishni maqsad qilgan. Yarmarka doirasida dehqonlar va fermerlar tomonidan yetkazib berilgan kartoshkalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchilarga arzon narxlarda sotiladi.
Bu tashabbus tuman aholisi uchun oziq-ovqat narxlarining oshishining oldini olish va hayot darajasini yaxshilashga xizmat qiladi. Mas’ullar ushbu yarmarkani muntazam ravishda o‘tkazishni rejalashtirib, aholi ehtiyojini qondirish va narx-navoni nazorat qilishni davom ettiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun