ILM VA HIKMAT KECHASI

Date:

Har yili 9-fevral – Hazrat Alisher Navoiy tavallud topgan kun yurtimiz boʻylab keng nishonlanadi. Mamlakatimizda ulug‘ bobokalonimizga ehtirom ko‘rsatish, asarlarini o‘rganish, uni dunyoda keng targ‘ib etishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘z so‘zlarida: “Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadi. Ulugʻ shoir oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʻrin egalladi.”, – deya e’tirof etgan edilar.


Ushbu e’tiroflar o‘laroq, ulugʻ mutafakkir shoir tavalludining 584 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ana shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyatida joylashgan harbiy qismlarning birida ham keng miqyosda nishonlandi. Tashkil etilgan adabiy-ma’rifiy tadbir doirasida buyuk mutafakkir shoir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi, jahon adabiyoti tarixi va milliy madaniyatimiz, adabiy estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutishi haqida so‘z bordi.
Muloqot davomida Alisher Navoiy asarlarining milliy ma’naviyat va madaniyat taraqqiyotidagi o‘rni, uning asarlarida ilgari surilgan yuksak insoniy fazilatlar, adolat, mehr-oqibat, vatanparvarlik kabi tushunchalar bugungi kunda ham dolzarbligi alohida ta’kidlandi.
Termiz davlat universitetining iqtidorli talabalari hamda harbiy xizmatchilar hamkorligida o‘tkazilgan mazkur bayram tadbiri davomida buyuk adib ijod namunalaridan parchalar, g‘azal va ruboiylar aytildi, ijodiy chiqishlar, ijro etilgan ashula va raqslar esa tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinkilik ulashdi.
Tadbirda Navoiy dahosi eʼtirof etilib, u qoldirgan boy adabiy va ilmiy meros haqida soʻz yuritildi. Shoirning umumbashariy gʻoyalar aks etgan ijodini oʻrganish va keng tatbiq qilish muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi. Bu kabi tadbirlar milliy ma’naviyatni yuksaltirish va buyuk alloma merosini yanada chuqurroq o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamshid NAZAROV,
Termiz davlat universiteti
o‘zbek filologiyasi fakulteti tyutori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun