Bolalar “Bek va Lola” bilan birga

Date:

Har bir bolaning o‘z qahramoni bo‘ladi. Unga o‘xshashga harakat qiladi. Shunday ekan, bu qahramon ijobiy hislat va jihatlarga ega bo‘lsa, tarbiyada foydasi tegishi aniq. Aks holda ahvol yomon deyavering. Bugun bolajonlarimizni ijobiy ruhdagi qahramonlarga yo‘ldosh qilish maqsadida ko‘plab ijodkor va kreativ yoshlarning mehnat mahsuli — Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan tayyorlangan “Bek va Lola” animatsion multfilmi yaratilgan.
Allaqachon bolajonlarning mehri va e’tiborini qozongan ushbu multfilm qahramonlari bo‘lmish Bek va Lola sira zeriktirib qo‘ymaydi. Ushbu obrazlar Sariosiyo tumanidagi 35-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bog‘cha bolalarining ham sevimli qahramonlariga aylanib ulgurgan.
Bolalar har tongda kunlarini Bek va Lola bilan boshlab, jismonan chiniqadilar, sport va san’atga oshno bo‘ladilar. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi milliy kontentni yanada rivojlantirib, kreativ g‘oyalar orqali bolalarga milliy qadriyatlar, ta’lim, sog‘lom hayot tarzi va vatanparvarlik kabi tushunchalarni o‘rgatishni o‘z ichiga olgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun