Rasmiy saytlar gov.uz domeniga o‘tkaziladi

Date:

2025-yil 1-martdan barcha davlat organlari va tashkilotlari UzINFOCOM bilan shartnoma tuzib, rasmiy veb-saytlari va portallari faoliyatini faqatgina hukumat portali – gov.uz orqali yo‘lga qo‘yadi. Vazirlik va idoralar hukumat doirasidagi ishlar va tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlarni chop etishdan oldin bosh vazir matbuot xizmati bilan kelishishi talab etiladi.
2025-yil 31-yanvar kuni «Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilinib, bu boradagi ishlar yo‘lga qo‘yiladi.
“UzINFOCOM” yagona integratori – davlat organlarining Yagona platformaga o‘tkaziladigan veb-saytlari faoliyatini texnik qo‘llab-quvvatlash hamda ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkilotlar bilan shartnoma tuzadi. Xarajatlar mazkur davlat organlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari, byudjet mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. Qarorga ko‘ra, xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar Yagona platformani takomillashtirish, texnik qo‘llab-quvvatlash va axborot xavfsizligini ta’minlash uchun yo‘naltiriladi.
Davlat tashkilotlari, vazirlik va idoralar rasmiy veb-saytini Yagona platformaga o‘tkazilganidan so‘ng, bir hafta muddatda eski rasmiy veb-saytlar domen manzillarini, veb-sayt va undagi ma’lumotlarni saqlab qolgan xolda, Yagona platformadagi rasmiy veb-saytlar manziliga yo‘naltiradi yoki ularning faoliyatini to‘xtatadi. Masalan, Adliya vazirligining rasmiy sayti: adliya.uz – https://gov.uz/adliyaga o‘zgaradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ichki turizm yarmarkasi” tashkil qilindi

Ichki turizmni rivojlantirish, mavjud turizm obyektlariga aholining e’tiborini jalb...

Hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi

Yurtimiz dunyoning rivojlangan davlatlari bilan xalqaro savdo va iqtisodiy...

Urinish besamar ketmadi

Sportning turlari ko‘p. Har bir sport turi esa alohida...

TerDUda Navro‘z shukuhi

Yurtimiz bo‘ylab Navro‘z shodiyonalari qizg‘in tus olgan ayni kunlarda...
KunTun
KunTun