Sinov majburiy bo‘ladi

Date:

Palma yog‘i 45 foizgacha palmetin kislotasidan tarkib topgan. Ushbu moddadan ko‘p miqdorda foydalanish – aterosklerozni rivojlanishiga tomirlarni yog‘ bilan qoplanishiga olib keladi. Prezidentning 2025-yil 30-yanvardagi qaroriga ko‘ra, joriy yilning 1-martidan yurtimizga olib kiriladigan palma moyi hamda tarkibida palma moyi va yog‘ kislotalarining trans izomerlari mavjud bo‘lgan mahsulotlarga, shu jumladan, sut va sutni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirishda mavjud akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarida o‘rnatilgan tartibda palma moyi va uning fraksiyalari amaldagi texnik reglament va standartlar talablariga asosan majburiy sinovdan o‘tkaziladi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga belgilangan tartibda oziq-ovqat xomashyosi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazish jarayonida palma moyidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari asosida foydalanishi ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun