Ziyo ulashildi

Date:

Yoshlarga kitob o‘qishlarini tavsiya qilamiz. Ho‘sh, o‘zimizchi? Kitob o‘qiymizmi? Ishimiz ko‘pligini ro‘kach qila ko‘rmaylik. Axir, yoshlarning ham kunlik yuklamalari bor-ku?! O‘quv muassasalarida kutubxonalar bo‘lishi tabiiy hol, ishdan ortib esa kutubxonaga bora olmasligimiz mumkin. Ammo ish joyimizda mutolaa uchun qulaylik yaratilgan bo‘lsachi? Bugungi kunda qaysidir tashkilot yoki idoraga yo‘limiz tushib qolsa, mo‘jaz kutubxona yoki kitoblar burchagi tashkil etilganiga ko‘zimiz tushadi. Bo‘sh qolganda mutolaa vaqt o‘tkazishning eng yaxshi usuli.
Qolaversa, kitob o‘qishga chorlivchi turli aksiyalar, chellenj-u tadbirlarning o‘tkazilayotgani ham mutolaaga chorlovchi targ‘ibotga aylangan. Mana shunday aksiya doirasida davlat xizmatlari markazlariga kelgan fuqarolarga kitob ulashish chelenji o‘tkazildi.
Shu bahonai sabab bilan tuman(shahar) adliya bo‘limlari Davlat xizmatlari markazi binosida “Ziyo ulash” kutubxona burchagi tashkil etildi. Ushbu loyiha katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, undagi kitoblar boshqalarga bilim va ma’rifat ulashish imkonini yaratadi.
Shuningdek, ushbu loyiha orqali fuqarolar va adliya organlari xodimlariga kitob mutolaa qilish imkoniyati yaratildi va bu orqali ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi yanada oshadi. Loyiha doirasida jamg‘arilgan kitoblar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ham tarqatiladi, bu esa kitob sotib olish imkoniyati cheklangan kishilar uchun ulkan sovg‘a bo‘ladi.

Oldingi sahifaYo‘llanmasi naqd
Keyingi sahifaYo‘qchilik

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Orzumga yetdim, orzumni topdim

Har bir insonning bolalikdanoq istagan, orzu qilgan kasbi bo‘ladi....

Arxivlar taraqqiyoti

Arxivlar — bu shunchaki hujjatlar saqlanadigan maskan emas. Ular...

Sahifalarda yashar hanuz

Tarixiy kutubxonalar insoniyat sivilizatsiyasining bebaho boyligi bo‘lib, qadimiy kitoblar,...

Farovonlikka tahdid

Har qanday jamiyatning taraqqiyoti sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol...
KunTun
KunTun