To‘siqsiz muhit qanday bo‘ladi?

Date:

Termizda nogironligi bor shaxslarga qulay va to‘siqsiz muhit yaratish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Surxondaryo viloyati hokimining masalaga aloqador o‘rinbosarlari, viloyat qurilish va uy-joy kommunal, ichki ishlar boshqarmalari, ekspertiza, buyurtmachi, loyihachi va qurilish tashkilotlari rahbarlari ishtirok etgan tadbirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ijtimoiy inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bahodir Nishonov nogironligi bor shaxslarga qulay va to‘siqsiz muhit yaratish yuzasidan loyihalar taqdimotini o‘tkazdi.
Taqdimotda yirik aholi punktlarining asosiy avtomobil yo‘llaridagi piyodalar yo‘lakchalarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zarur sharoitlarni yaratish, qulay panduslar barpo etish, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslar uchun ovozli svetofor o‘rnatib, sariq rangli yo‘lakchalar tashkil etish va to‘siqsiz muhit yaratishning samarali yo‘llari bilan tanishtirdi. Viloyatdagi ijtimoiy soha obyektlarida bu ishlarni sifatli yo‘lga qo‘yish haqidagi fikr-mulohazalar tinglandi. Joriy yilga mo‘ljallangan rejalari muhokama etildi.
Termiz shahrida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslar uchun ovozli svetoforlar, piyodalar yo‘lida sariq rangli yo‘lakchalar tashkil etishga e’tibor kuchaytirilmoqda. Jumladan, o‘tgan yil viloyat markazidagi Alisher Navoiy ko‘chasi tanlab olinib, tegishli hududlarida sariq rangli yo‘lakchalar barpo etildi. Hozir hududdagi chorrahalarga 8 ta ovozli svetofor joylashtirilyapti.
Joriy yil At-Termiziy ko‘chasida nogironligi bor shaxslar harakatlanishi uchun barcha sharoit yaratilayotir. Shuningdek, ko‘p qavatli uylarning yo‘laklari va liftlari ko‘zi ojiz shaxslar uchun moslashtirilmoqda. Davlat tashkilotlarining kirish qismlarida sariq yo‘laklar va brayl alifbosi moslamasi ko‘rsatkichli bino xaritalari tashkil etilmoqda.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etgan yig‘ilishda joriy yil vohadagi tuman markazlari va yirik aholi punktlarida ham nogironligi bo‘lgan shaxslar erkin harakatlanishi uchun to‘siqsiz, qulay muhit yaratish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Soliqdan qochib…

Yaqinda kiyim-kechak do‘koniga kirib, xaridni amalga oshirganimdan so‘ng, kassada...

Sinov majburiy bo‘ladi

Palma yog‘i 45 foizgacha palmetin kislotasidan tarkib topgan. Ushbu...

Kredit olishni taqiqlash mumkinmi?

Yurtimizda oʻz-oʻziga kredit olishni taqiqlash boʻyicha yangi qonun kuchga...

Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyiladi

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosini taʼminlash, ijtimoiy xizmat va...
KunTun
KunTun