Kelgusidagi vazifalar aniq

Date:

Chiqindi, uni toʻplash, qayta ishlash muhim mavzu. Keraksiz va vazifasini oʻtab boʻlgan mahsulotlar qayta ishlanib, takror va takror foydalanishimiz uchun taqdim etiladi. Demak, bu masalaga har birimiz daxldormiz. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumanida boʻlib, hududdagi “Toza hudud” DUK faoliyati bilan tanishdi hamda ishchi-xodimlar bilan uchrashdi. Unda viloyat chiqindilarni boshqarish va qayta ishlash sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ekologiya boshqarmasi axborot berdi. Viloyat rahbari korxona hududida tashkil etilayotgan bog‘ uchun daraxt ko‘chatlari ekish tadbirida ishtirok etdi.
Keyingi manzilda viloyat rahbari Denov tumanida “Shashmohkashshob qurilish invest” xususiy korxonasi tomonidan qurilishi rejalashtirilgan birinchi qavati savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari bo‘lgan ko‘p qavatli turar joylar kompleksi hamda tadbirkorlik obyektlari qurilishiga start berdi.
Shundan so‘ng, Denov tumani hokimligida viloyatimiz hokimi va Ijtimoiy himoya milliy Agentligi mas’uli rahbarligida viloyatda ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan insonlar uchun qulayliklar yaratish, loyihalar qurilishida bunga alohida e’tibor qaratish masalalari muhokamasi o‘tkazildi. Shuningdek, bu borada ishlab chiqilgan loyihalar taqdimot qilindi. Yig‘ilishda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar ham muhokama qilinib, chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun