“El sog‘ligi — yurt boyligi”

Date:

Har bir inson o‘z maqsadiga erishishi uchun eng avvalo, har tomonlama sog‘lom bo‘lishi lozim. Inson qachon sog‘lom bo‘ladi, qachonki, sifatli tibbiy xizmatdan foydalansa.
Prezidentimiz boshchiligida o‘tgan besh yilda aholini sifatli va malakali tibbiy xizmat bilan ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini keng qaror toptirish borasida salmoqli ishlar qilindi. Bu borada Boysun tumanida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, tumandagi markaziy shifoxonasi va chekka va olis hududlarda joylashgan tibbiyot maskanlari zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlanib, shifokorlar tomonidan aholi uchun sifatli xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
Ana shunday islohotlar natijasida olis hududlarda ham tibbiyot maskanlari qurilib, aholiga xizmat ko‘rsatish maqsadida foydalanishga topshirilmoqda.
Tuman markazidan 60 kilometr olisda joylashgan “Yuqori Machay” mahalla fuqarolar yig‘inida 50 qatnovga mo‘ljallangan Machay Oilaviy shifokorlik punktiga qarashli tibbiy tayanch punkti binosi qurib foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida tuman hokimi Bahodir Shukurov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, ushbu xayrli ishga o‘z hissalarini qo‘shgan quruvchi va mehnatkashlarga minnatdorchilik bildirib, duoga qo‘l ochdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun