7 ta ko‘chada 1 360 ta yangi ish o‘rni yaratiladi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq turizm, madaniy meros, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar hamda xotin-qizlar bandligi yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida hududlarga tashrifini Jarqo‘rg‘on tumanidan boshladi.
Dastlab, tumanning “Qorabura” mahallasida Prezidentimizning “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tadbirkor Malika Jumayeva tomonidan tashkil etilgan qandolatchilik sexi faoliyati bilan tanishildi. Kasanachilikni rivojlantirish uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalangan holda bu kabi loyihalarni ko‘paytirish, xotin-qizlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, mahalla guzarida xotin-qizlar uchun tashkil etilgan sport zal, hunarmandchilik markazi hamda xizmat ko‘rsatish nuqtalari faoliyati bilan ham tanishilib, mahallaning Xotin-qizlar faoli faoliyati e’tirof etildi. Uning tajribasini ommalashtirish hamda sport zal sharoitlarini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi. Mahallada infratuzilmani yaxshilash ishlari ham ko‘zdan kechirilib, mutasaddilarga yo‘llarni asfaltlash vazifasi topshirildi.
Shundan so‘ng, tuman Adliya bo‘limida tashkil etilgan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” markazi faoliyati bilan tanishildi. Markaz faoliyatini takomillashtirish, malakali trenerlar, hayot tajribasiga ega faol nuroniylarni jalb qilgan holda yoshlarni katta hayot tayyorlash lozimligi qayd etildi.
Tumanga tashrif yakunida viloyat rahbari “Yoshlar va turizm” ko‘chasini tashkil etish ishlari bilan tanishdi. Shuningdek, shu yerning o‘zida mutasaddilar 7 ta tumanda “Yoshlar va turizm” ko‘chasini tashkil etish yuzasidan bajarilgan ishlar va kelgusidagi natijalar yuzasidan axborot berdi. Ushbu hududlarda tashkil etilayotgan 7 ta ko‘chada jami qiymati 39,3 milliard so‘m bo‘lgan 272 ta xizmat ko‘rsatish obyektlari ishga tushiriladi hamda 1 360 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Viloyat rahbari ko‘chalarni belgilangan namunaviy loyihalar asosida, barcha infratuzilmalarni hisobga olgan holda tashkil etish, ishlarni sifatli yakunlab, foydalanishga topshirish topshirig‘ini berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

1200 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida aholi farovonligi va...

Bunyodkorlik ishlari yangi bosqichda

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Angor tumanida yosh avlod uchun...

Boysun bag‘rida Mustaqillik shukuhi

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak...

Oltinsoyda bunyodkorlik ishlari

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida aholi uchun zamonaviy...
KunTun
KunTun