Plastik chiqindiga doir yangi taklif

Date:

2025-yil 1-noyabrgacha plastik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar hamda import qiluvchilarga o‘zlari ishlab chiqargan va import qilgan mahsulotlardan hosil bo‘ladigan chiqindilarni utilizatsiya qilish majburiyatini yuklash bo‘yicha me’yoriy hujjat loyihasini ishlab chiqish taklif etilmoqda. “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot“ yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasida shu haqda ma’lum qilingan.
Taklif etilayotgan yangi tizim 2026-yildan boshlab amaliyotga tatbiq etilishi mumkin. Bunda plastik mahsulot ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilar yoki qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan plastik chiqindilarni yig‘ib olish, saralash va qayta ishlash tashkil etiladi. Yirik savdo obyektlari, supermarket, gipermarket, bozorlarda plastik taralarni qabul qiluvchi (fandomatlar) uskunalar o‘rnatiladi.
Korxonalar va import qiluvchilar uchun bosqichma-bosqich ishlab chiqaruvchilarning kengaytirilgan majburiyatini yuklash tizimi amaliyotga tatbiq etiladi. Misol uchun, alkogolsiz ichimlik ishlab chiqaruvchi korxona plastik taralarini 2026 yildan — 50 foizga, 2027 yildan — 75 foizga va 2028 yildan 100 foizga utilizatsiya qilish majburiyatini oladi.
Ushbu tizimning amaliyotga joriy etilishi yiliga 1,2 million tonna plastik chiqindilarni qayta ishlash va takror foydalanishga jalb qilish yo‘li bilan ikkilamchi moddiy resurslarning to‘planishi va foydalanilishi darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Chiqindixona va poligonlarga joylashtiriladigan chiqindilar miqdorini qisqartirish hamda poligonlarning foydalanish muddatini uzaytirish ham bu jarayondagi muhim jihatlardan biridir. Yana bir ahamiyatli tarafi shundaki, chiqindilarning hosil bo‘lishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishining hajmi bo‘yicha aniq statistik ma’lumotlar shakllantiriladi. Plastik mahsulotlarni to‘liq qayta ishlashga jalb etish issiqxona gazlarini (SO(2) 75 foizgacha qisqartirishga imkon beradi.
Plastik chiqindilarning inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishga, jumladan, yuqori nafas yo‘llari, asab tizimi, yurak, qon-tomir va allergik kasalliklarning qisqartirilishiga erishiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘zbekistonda dron ishlab chiqariladi

O‘zbekiston delegatsiyasining Malayziyaga xizmat safari davomida hamkor davlat bilan...

“Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘i yaratiladi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot”...

O‘zbekiston—Rossiya: yangi mexanizm joriy etiladi

Rossiyada vaqtincha mehnat qilish istagidagi fuqarolar uchun O‘zbekistonda maxsus...

3,5 ming kambag‘al oilalar farzandlari uchun imtiyoz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash...
KunTun
KunTun