Taxiatoshlik 300 nafar bolajonga Surxondaryodan sovg‘a

Date:

Bir necha yilki, Prezidentimiz tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida viloyatlar, jumladan, Surxondaryo viloyatiga Taxiatosh tumani biriktirilganligi bois Taxiatoshda har sohada o‘zgarish, yangilanishlar epkini esmoqda.
Ana shunday ishlarni davom ettirish maqsadida Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan bolajonlar uchun Yangi yil bayrami tadbiri tashkil etildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov videokonfrensaloqa orqali ishtirok etib, Taxiatosh ahlini, jumladan, tadbirda ishtirok etayotgan bolajonlarni bayram bilan qutladi.
Shundan so‘ng, Taxiatosh tumani hokimi va boshqa mutasaddilar taxiatoshlik 300 nafar bolajonlarga Surxondaryo viloyati hokimligining bayram sovg‘alarini tantanali topshirdi. Shuningdek, tadbirda teatrlashtirilgan konsert dasturlari, turli bayramona chiqishlar namoyish etildi.

Oldingi sahifaYig‘ilish tanqidiy tus oldi
Keyingi sahifaIELTSdan 9…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun