Tomorqadan daromad topmoqda

Date:

Boysunlik Jasur Suvonov tomorqasidan unumli foydalanib, oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelmoqda. Tomorqasining 2 sotixiga issiqxona tashkil etib, qulupnay yetishtirmoqda.

— Avvallari issiqxonamizda bodring yetishtirardik,— deydi Jasur Suvonov — Bu yil serdaromad qulupnay ko‘chatlarini ham ekdim. Mehnati kam, daromadi ko‘proq bo‘lgan qulupnay ko‘chatini bir marta eksangiz, uch yilgacha hosil olish mumkin. Yangi yil arafasida har kuni hosilni yig‘ib, bozorga olib chiqyapmiz. Daromadimiz ham o‘ziga yarasha.

Tuman hokimi Bahodir Shukurov fuqaro Jasur Suvonov xonadonida bo‘lib, tashkil etilgan issiqxona, ko‘chatchilik hamda yomg‘ir suvi bilan sug‘orish tizimlarini ko‘zdan kechirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun