Sovg‘alar tantanali topshirildi…

Date:

Viloyatimizning barcha hududlarida yangi yil shukuhi sezilarli darajada e’tiborimizni tortmoqda. Ayniqsa, tungi paytlarda shahar ko‘chalarining miltillagan chiroqlari ko‘zimizni quvontiradi. Bolajonlarimizning archa atrofida aylanib qorbobo va qorqiz sovg‘alar ulashganidan qalblari quvonchga to‘ldi.

Shuningdek, Termiz tumanida ham “Prezident archasi” teatrlashtirilgan bayram tomoshasi o‘tkazildi.Undan tashqari tuman bolalar musiqa va san’at maktabi konsertlar zalida o‘tkazilgan bayram tadbiri shukuhli va esda qolarli voqealarga boy bo‘ldi. Unda 31 nafar 3-15 yoshdagi ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, 18 yoshgacha bo‘lgan Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari hamda ota-onalari Vatan tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan xodimlarning farzandlari ishtirok etdi.

Tadbirda tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosari ishtirok etib, bolajonlarni yurtboshimiz nomidan Yangi yil bayrami bilan tabriklashdi hamda ularga 12 turdagi o‘quv qurollari va 15 turdagi shirinliklari, shuningdek, elektr samokatdan iborat “Prezident sovg‘a”larini topshirishdi.Aytish joizki, teatrlashtirilgan bayram dasturi bolajonlarga bir olam quvonch ulashdi.

Dinara Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun