Insonparvarlik yordami ko‘rsatildi

Date:

Xalqimiz orasida bir-biriga bo‘lgan mehr-muruvvat, saxovatpeshalik avloddan ajdodga o‘tib kelayotgan, qon tomirimizga singib ketgan qadriyatdir. Xususan, Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan, xalqimizning bag‘rikenglik ko‘magi sifatida Afg‘oniston aholisini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, zarur oziq-ovqat hamda dori-darmon vositalari shaklidagi insonparvarlik yuki Afg‘oniston xalqiga yetkazib berildi.
Shuningdek, jami 9 vagondan iborat “Salomatlik” tibbiy-sanitar yordami joriy yil 25-30-dekabr kunlari Afg‘onistonning Balx viloyatida bir guruh aholi malakali shifokorlarimiz tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Mazkur insonparvarlik yordami O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumatlarining uchrashuvida afg‘on xalqini O‘zbekiston shifokorlari tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda ko‘mak ko‘rsatish so‘roviga asosan amalga oshirilmoqda.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryoda 2 ming tup manzarali daraxt ekildi

Yashil hududlarni kengaytirish va atrof-muhitni asrashga qaratilgan “Yashil makon”...

Termiz tumanida yangi anorzor barpo etildi

Termiz tumanida foydalanilmayotgan yer maydonlarini obod maskanlarga aylantirish va...

Qiziriqda 9,2 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi

Aholi uchun qulay yo‘l infratuzilmasini yaratish, mahallalar obodligini ta’minlash...

Bandixonda Yangi yil shukuhi

Bandixon tumanida Yangi yil bayramini munosib kutib olish uchun...
KunTun
KunTun