825 o‘rinli xususiy maktab tashkil etiladi

Date:

Bugun ta’lim tizimida katta qadamlar tashlanmoqda. Muhimi, yoshlarib munosib ta’lim-tarbiya olib, kelajakda davlat taqdirini o‘rgartira oladigan, yurtimiz rivoji uchun hissa qo‘sha oladigan insonlar yetishib chiqsa, kifoya. Shu sababdan, davlat bog‘cha va maktablari bilan bir qatorda xususiy bog‘cha va maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, malakali mutaxassislar jalb etilayotir. Bunday raqobat, albatta, tizimda yuqori natijalarga erishishga xizmat qiladi. Xususan, Termiz shahrida joylashgan “Volshebniy Zamok” xususiy bog‘chasida ushbu MCHJ tomonidan zamonaviy Axborot texnologiyalari xususiy maktabi loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu loyiha taklifi bilan tanishdi. Umumiy qiymati 65 milliard so‘m bo‘lgan mazkur loyiha doirasida 825 o‘rinli xususiy maktab tashkil etish, 150 ta yangi ish o‘rinlari yaratish maqsad qilingan. Loyiha Prezidentimizning 2024-yil 13-dekabrdagi qaroriga asosan amalga oshirilayotgan bo‘lib, 2025-yil sentyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida Prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bolalarni bog‘chaga qamrov darajasini 70 foizga, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichini 38 foizga, kasb-hunarga o‘qitish tayanch maktablari sonini 30 taga yetkazish, DXSH asosida 6 ta maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari tashkil etish, oliy ta’lim muassasalari tomonidan Oltinsoy tumanida “Surxondaryo tajribasi”ni amalga oshirish hamda “dual” ta’lim tizimini samarali yo‘lga qo‘yish, shuningdek yoshlarni Italiya va boshqa rivojlangan davlatlarning yirik sanoat korxonalariga tajriba oshirish uchun yuborish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimot qilindi.
Viloyat rahbari taqdimotlar bilan tanishib, ta’lim tizimini rivojlantirish, unda xususiy sektor ulushini oshirish, shuningdek, belgilangan qamrov va ko‘rsatkichlarga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan mutasaddilarga vazifalarni belgilab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Futbolchi qizlar kashf etiladi

Sherobod tumanida o‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab...

Qulay va xavfsiz muhit yaratilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanida hayot sifatini yaxshilash va shaharning infratuzilmasini zamonaviy...

Shaffoflik ta’minlanadi

Sherobod tumanida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash...

Denovda Ramazon barakasi

Ramazon oyi — mehr-oqibat, xayru saxovat va hamjihatlik oyi....
KunTun
KunTun