Isitish holati o‘rganildi

Date:

Ob-havo sovugandan-sovugan, xonadonlarda, o‘quv muassasalari-yu tashkilot va idoralarda issiq va qulay sharoit yaratish lozim. Ayni maqsadda mutasaddi tashkilotlar kun-u tun xalq xizmatida. Uzilish va boshqa favqulotda holatlarda kerakli yordamni ko‘rsatib kelmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri “O‘zbekiston” mahallasida joylashgan, kapital rekonstruksiya qilingan markaziy qozonxona faoliyati, hududdagi ko‘p qavatli turar joylarni isitilishi holati bilan tanishdi.
Shuningdek, shu yerning o‘zida qozonxonalarni energiya tejamkor jihozlar bilan ta’minlash, samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar taqdimoti bilan tanishildi. Viloyat rahbari BSKlar faoliyatini jonlantirish, qishning sovuq-qirovli kunlarida birinchi navbatdagi aholi turar joylari hamda ijtimoiy soha obyektlarini energiya resurslari bilan ta’minlash muhimligini qayd etdi.
Shundan so‘ng, Surxondaryo viloyati navbatchilik shtabiga “Alpomish” mahallasi fuqarolari tomonidan kommunal xizmatlar sifatsizligi yuzasidan kelib tushgan shikoyati joyiga borgan holda o‘rganildi.
Viloyat hokimi aholi bilan muloqot qilib, ko‘p qavatli turar joyda xonadonlarning isitilishini kirib ko‘rdi. Mahalla “yettiligi” va hududga xizmat ko‘rsatuvchi BSK rahbarining axborotlari tinglanib, xizmatni yetarli darajada tashkil etilmaganligi uchun tegishli choralar ko‘rish, aholini energiya resurslari, jumladan, issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha tezkor tadbirlarni bajarib, muammoni bugunning o‘zida hal etish topshirig‘i berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun