Orzusi ushaldi

Date:

Abduvohid Jarqo‘rg‘on tumanidagi 10-sonli maktabning 7-sinfida tahsil oladi. Taqdir hukmi sabab u otasidan erta ayrilgan. Biroz muddat ilgari Abduvohid Jarqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i bilan bo‘lgan uchrashuvda o‘z velosipedi bo‘lishini orzu qilishini bildirgan edi.

Kuni kecha Abduvohidning ana shu orzusi ushaldi. “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sirojiddin Adinayev Abduvohidga yap-yangi velosipedni topshirdi. Abduvohidning ukasi va singlisi ham ayni e’tibordan bebahra qolishmadi. Ularga ham issiq kiyimlar, o‘quv qurollari va boshqa sovg‘alar ulashildi.

— O‘rtoqlarimga dadalari yangi velosiped olib berishganda havas qilardim. Endi esa mening ham velosipedim bor. Juda ham xursandman. Rahmat barchangizga, — deydi quvonch ila Abduvohid.

Oldingi sahifa“Mehr ulash”ildi
Keyingi sahifaKo‘zgudagi aks

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik va shaylik ustuvor

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi...

Iste’dodlar bir sahnada jam

Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan...

Sovuq kunlarda xavfsizlik — hayot garovi

Termiz tumanida sovuq kunlarda tabiiy va suyultirilgan gaz hamda...

“Ostona-1” nasos stansiyasi modernizatsiya qilindi

Uzun tumanidagi «Ostona-1» nasos stansiyasida qiymati 2 million 18...
KunTun
KunTun