“Mehr ulash”ildi

Date:

“Yoshlar forumi—2024” doirasida Surxondaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi qoshida tashkil etilgan volontyorlar maktabi va U-Report volontyorlari hamkorligida “Mehr ulash” xayriya aksiyasi o‘tkazildi. Ushbu tashabbus orqali volontyorlar yana bir bor jamiyatimizdagi mehr va birdamlikni namoyon etishdi.

Aksiya davomida 30 dan ortiq ehtiyojmand oila farzandlariga e’tibor bilan sovg‘alar ulashildi. Ushbu sa’y-harakatlar bolajonlarning yuzida quvonch, qalblarida esa umid uchqunini uyg‘otdi.Bayramona muhitni yanada ko‘tarish uchun esa quvnoq va yorqin “Mandarin party” tashkil etildi. Tadbir davomida bolajonlar o‘yin-kulgi, quvonchli lahzalar va iliq muloqotdan bahramand bo‘lishdi. “Mehr ulash” aksiyasi – bu nafaqat yordam, balki bolajonlar qalbida mehr-muruvvat va xursandchilik uyg‘otgan yorqin tashabbus bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik va shaylik ustuvor

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi...

Iste’dodlar bir sahnada jam

Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan...

Sovuq kunlarda xavfsizlik — hayot garovi

Termiz tumanida sovuq kunlarda tabiiy va suyultirilgan gaz hamda...

“Ostona-1” nasos stansiyasi modernizatsiya qilindi

Uzun tumanidagi «Ostona-1» nasos stansiyasida qiymati 2 million 18...
KunTun
KunTun