Ko‘zgudagi aks

Date:

— Nima yetishmaydi senga? Ustingda eng yaxshi kiyim-bosh, yeganing oldingda. Qancha so‘rasang bersak, nega do‘stingning pulini o‘g‘rilading?

— …

— Jim turma, gapir!

— …

— Aftag‘firulloh, kimga tortgan-a bu?! Menga qara, agar yana shu ish takrorlansa oyog‘ingdan osaman, bola! Menga o‘g‘ri bola kerak emas!

To‘satdan eshik taqilladi. Turib eshikni ochdi. Tanish odam unga sumka tutqazdi.

— Hech kim sezmadimi?

— Hech kim, xo‘jayin. Yuklarni zavoddan kechda chiqarib ulgurgandik. O‘t o‘chiruvchilar kelganda soxta mollar yonib bo‘lgandi…

— Yaxshi. Bor endi. Bu atrofda ko‘p o‘ralashma.Bola sumkada pul borligini bilardi. U bir dadasiga, bir tanish amakining og‘ziga qarab hammasini zo‘r qiziqish bilan kuzatardi…

Arjumandbegim

Oldingi sahifaOrzusi ushaldi
Keyingi sahifaArzon va sifatli…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik va shaylik ustuvor

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi...

Iste’dodlar bir sahnada jam

Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan...

Sovuq kunlarda xavfsizlik — hayot garovi

Termiz tumanida sovuq kunlarda tabiiy va suyultirilgan gaz hamda...

“Ostona-1” nasos stansiyasi modernizatsiya qilindi

Uzun tumanidagi «Ostona-1» nasos stansiyasida qiymati 2 million 18...
KunTun
KunTun