Arzon va sifatli…

Date:

Yangi yilda aholinin sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida viloyatimizning barcha hududlarida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari xizmat ko‘rsatmoqda. Albatta, bunday imkoniyatdan aholi mamnun. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifi avvalida Termiz shahridagi “Yashil dunyo” markaziy dehqon bozori hududida “Surxoncha sifat va arzonlashtirilgan mahsulotlar” savdo yarmarkasi faoliyati bilan tanishdi.

Viloyat rahbari mutasaddilar bilan yarmarkada mahsulotlarning yetarliligi, arzon narxlarda sotilishi hamda mavjud zaxiralar bilan tanishdi. Bayramda dasturxonlar to‘kin bo‘lishi uchun arzonlashtirilgan yarmarkalarda faqatgina asosiy turdagi emas, aholining ehtiyoji, talabini qondirish uchun barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryoda 2 ming tup manzarali daraxt ekildi

Yashil hududlarni kengaytirish va atrof-muhitni asrashga qaratilgan “Yashil makon”...

Termiz tumanida yangi anorzor barpo etildi

Termiz tumanida foydalanilmayotgan yer maydonlarini obod maskanlarga aylantirish va...

Qiziriqda 9,2 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi

Aholi uchun qulay yo‘l infratuzilmasini yaratish, mahallalar obodligini ta’minlash...

Bandixonda Yangi yil shukuhi

Bandixon tumanida Yangi yil bayramini munosib kutib olish uchun...
KunTun
KunTun