Bitta sinfda o‘ttizga yaqin bola tahsil o‘qisa ham, ularning barchasi ham fanni, o‘qituvchi bergan bilimlarni birdek o‘zlashtirmaydi. Balki bunga imkoniyati, salohiyati yetmas. Nima bo‘lganda ham o‘qituvchi ularni o‘zlashtirishlari uchun kerakli yordamni beradi, faollarning faolligi yaxshi, ammo orqada qolayotganlarni ham tortishi lozim. Bunda pedagogik metodlar yaxshi samara beradi.
Shuningdek, maktabda o‘qituvchi bilan birga psixolog, logoped mutaxassislari ham kerakli ko‘makni berib, o‘zaro hamkorlikda ishlashadi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumaniga tashrif buyurib, dastlab “Yangi hayot” mahallasida joylashgan 9-sonli maktabda tashkil etilgan “logoped” shoxobchasida bolalar bilan olib borilayotgan mashg‘ulotlarni ko‘zdan kechirdi.
Shu yerning o‘zida ijtimoiy himoya, ta’lim, ma’naviyat va ma’rifat, mahallalar uyushmasi, yoshlar, sog‘liqni saqlash va sport sohasi rahbarlari joriy yildagi faoliyati, 2025-yildagi rejalari, yo‘lga qo‘yilgan namunaviy loyihalari yuzasidan taqdimot qildi. Viloyat rahbari ijtimoiy soha mutasaddilarining faoliyatiga baho berib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tdi hamda kelgusidagi vazifalarni belgilab berdi.
Ushbu maktabda aholining barcha qatlamlari farzandlarini qamrab olgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishildi hamda o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalari g‘olibi bo‘lgan, tadqiqotlar olib borayotgan maktab o‘qituvchilari bilan suhbat qilindi.
Viloyat rahbari mazkur mahallada oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan inklyuziv guruhlar hamda kunduzgi parvarishlash xizmati faoliyati bilan ham tanishdi. Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalarga asosan mazkur guruhlar faoliyatini takomillashtirish, boshqa hududlarda ham tashkil etish topshirig‘i berildi.
Shundan so‘ng, Termiz davlat universitetiga biriktirilgan Sariosiyo tuman 1-son kasb-hunar maktabida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash, ishsiz yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish borasida hamkorlikda olib borilayotgan ishlar ishlar bilan tanishildi. Oliy va professional ta’lim muassasalari rahbarlarining axborotlari tinglandi. Dual ta’lim tizimidan samarali foydalangan holda ish beruvchilarning talablarini inobatga olib, yoshlarni kasblarga va xorijiy tillarga o‘qitishni sifatli tashkil etish vazifasi qo‘yildi.
Date: