MIB xodimi jahon chempionatida…

Date:

Inson qaysi sohada faoliyat yuritmasin, qiziqishlari uni tark etmaydi. Ayniqsa, bu qiziqishlar uning taqdiriga tub burilishlar yasaydigan bo‘lsa, sevimli mashg‘ulotlardan voz kechmaslik lozim. Aks holda hayot bir xil, rangsiz va zerikarli ko‘rinadi. Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimi Ulug‘bek Ismoilov ham sportning kurash sport turi bilan shug‘ullangan va shug‘illanib keladi. Bu qiziqish uni kurash musobaqasiga chorladi.
Faxriylar o‘rtasidagi jahon chempionati kurash bo‘yicha eng nufuzli musobaqalardan biri hisoblanadi. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi 17 yillik tanaffusdan so‘ng faxriylar musobaqasini qayta tiklamoqda. O‘z faoliyatini yakunlagan yoki uzoq vaqtdan buyon faol murabbiylik faoliyatini olib borayotgan mashhur kurashchilar ishtirokidagi bellashuvlar har doim muxlislarda qiziqish uyg‘otadi. Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahri mezbonligida o‘tgan kurash bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida IX, faxriylar o‘rtasida III Jahon chempionati O‘zbekiston uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Mazkur faxriylar o‘rtasidagi III Jahon chempionatida 46-55 yoshlilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan kurash musobaqasida Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimi Ulug‘bek Ismoilov +95 kg vazn toifasida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tardi. Faxriylar o‘rtasida o‘tgan jahon chempionatida mamlakatimizning faxriy polvonlari umumiy hisobda 4 ta oltin, 5 ta kumush, 1 ta bronza medaliga egalik qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun