Dunyodagi eng qadimgi alifbo topildi

Date:

Yozuvning paydo bo‘lishi eng katta ixtiro deyish mumkin. Bu bilan o‘tmish va bugunni bog‘lovchi, o‘zligimizni anglab, kimligimizni bilishga o‘tgatuvchi ko‘prik vazifasini o‘tayapti. Yozuvning hayotimizda ahamiyati juda katta. Buni barchamiz juda yaxshi bilamiz. Ammo yozuv qachon paydo bo‘lgani haqidagi savollar, nodir qo‘lyozma va topilmalar bu haqdagi haqiqatlarni ochib, biz bilmagan bilimlardan voqish etayotir.
Suriyadagi qabrni qazish paytida dunyodagi eng qadimgi alifbo topildi. Bu haqda ushbu tadqiqotni o‘tkazgan Jons Xopkins universiteti xabar berdi. Tadqiqotchilarning aytishicha, yozuvlar 4,4 ming yillik tarixga ega. Topilgan alifbo boshqa ma’lum yozuvlardan 500 yosh katta. Ilgari birinchi harflar Misrda, miloddan avvalgi 1900-yildan keyin ixtiro qilingan.
Tadqiqotchilarga ko‘ra, kashfiyot shuni isbotlaydiki, odamlar aloqa texnologiyalari bilan olimlar ishonganidan ancha oldin tajriba o‘tkazishgan. Harflar barmoq o‘lchamidagi silindrlarga yozilgan. Ehtimol bu buyumlar tashish uchun mo‘ljallangan sharob idishlari uchun yorliqlar bo‘lgan. Shu bilan birga, olimlar hali ham matnning ma’nosini taxmin qilishmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun