Bekat savdo nuqtasi emas…

Date:

Aqlli bekatlar aholiga xizmat ko‘rsata boshladi-yu, yo‘lovchilar bekatga kirishga iymanadigan bo‘lib qoldi. Savdo nuqtasiga aylanib qolgan bekatga, nimadir xarid qilmasangiz, kirishga tortinasiz-da. Shundan keyin yo‘lovchi issiqda quyosh tig‘ida, sovuqda esa diydirabgina ko‘chada avtobus kutishga mahkum. Aslida yo‘lovchiga qulaylik yaratish maqsadida ichimlik, gazeta va kitoblar sotilishi yo‘lga qo‘yilishi kerak bo‘lgan bekatlarni qurgan tadbirkorlar bekatni savdo nuqtasi yoki ovqatlanish shaxobchasiga aylantirib olishgan. Shishali devorlar qaysi ulov kelayotganini ko‘rish uchun shaffof holda bo‘lishi kerak o‘lgan bo‘lsa, ishbilarmonlar, shisha devorlarni turli reklama qog‘ozlari bilan o‘rab, o‘zlaricha shinam ko‘rinishga keltirishgan. Albatta, bunday holatga chek qo‘yib, bekatlarni yo‘lovchilarga qaytarish lozim.
Aslida bekat qanday bo‘lishi kerak. Shahrimizda namunaviy loyiha asosida bekatlar tashkil etilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida yangi namunaviy loyiha asosida tashkil etilayotgan bekat bilan tanishdi. Mutasaddilar bekatda yo‘lovchilar uchun yaratiladigan qulayliklar, jumladan, shahar jamoat transporti xaritasi, avtobuslarning kelish vaqti, manzilgacha bo‘lgan masofa va yetib borish daqiqasi, avtobuslarning raqamlari hamda yo‘nalishlari haqida axborot beruvchi tablolar o‘rnatilishi haqida axborot berdi.
Viloyat rahbari bekat o‘z nomi bilan birinchi navbatda yo‘lovchilar uchun xizmat qiladigan joy bo‘lishi, hozirgi kunda esa deyarli barcha bekatlar savdo nuqtasiga aylanib qolganligini ta’kidlab, bu borada mas’ullarga tegishli vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, jamoat transportlariga o‘rnatiladigan yo‘nalishlar namunalari bilan ham tanishildi. Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz mintaqaviy temiryo‘l uzeliga qarashli Termiz lokomotiv deposi faoliyati bilan tanishdi. Mutasaddilar lokomotivlarni ta’mirlash, mavjud imkoniyat va sharoitlar hamda kelgusidagi rejalar xususida axborot berdi.

Oldingi sahifaBolajonlar uchun tuhfa
Keyingi sahifaKomandir kuzatildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ichki turizm yarmarkasi” tashkil qilindi

Ichki turizmni rivojlantirish, mavjud turizm obyektlariga aholining e’tiborini jalb...

Hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi

Yurtimiz dunyoning rivojlangan davlatlari bilan xalqaro savdo va iqtisodiy...

Urinish besamar ketmadi

Sportning turlari ko‘p. Har bir sport turi esa alohida...

TerDUda Navro‘z shukuhi

Yurtimiz bo‘ylab Navro‘z shodiyonalari qizg‘in tus olgan ayni kunlarda...
KunTun
KunTun