Oylik doirasida…

Date:

Maktabda ta’lim-tarbiya beriladi. Bola o‘qib, o‘rganib, mehnat qilib maqsadga erishish mumkinligi anglashi bunda eng oliy mezondir. Oson yo‘llar bilan mablag‘ topish, pora evaziga qandaydir ishni hal qilishning oqibatlari ayanchli ekanini endigina unib, o‘sib kelayotgan yoshlarga uqtirish ham vazifamizdir. Shu maqsadda joriy yilning 1-noyabridan 1-dekabriga qadar yurtimizda “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deya e’lon qilingan.
Oylik bahonasida o‘quvchi-yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida umumta’lim maktablarida turli tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Bunda pedagoglar hamda sohaga mas’ullar tomonidan o‘g‘il-qizlarga korrupsiyaning yomon oqibatlari batafsil tushuntirilmoqda. Jamiyat ildiziga bolta uruvchi mazkur illatga barchamiz birdek qarshi kurashishimiz lozimligi ta’kidlanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun