So‘z — buyuk qudrat…

Date:

Bir qo‘shnimiz bor. Har doim ayolini kamsitgani kamsitgan. Bir kuni qo‘shni ayol hasratini to‘kib soldi.
— Shu desangiz, erim yomon odammasku-ya, ammo gapirgan gaplariga ilon po‘st tashavoradi. Mana uch kundan beri meni “befarosat” deb chaqirishga o‘rganibdilar. Qancha yalinsam ham, baribir shu odatlarini tashamayaptilar. Bu yuragimni yomonam tilkalayapti-da.
Unga qarab rahmim keldi. Biroz o‘ylanib, unga nima qilish kerakligini o‘rgatdim. Ertasiga kelinchak gul-gul yashnab chiqdi. Unga savol nazari bilan qaraganimni ko‘rib, javobga shoshildi:
— Xuddi o‘rgatganingizdek javob qildim. Menga gapira turib befarosat devdilar, men ularga:
— Farosatsizligimni o‘zim ham bilaman, ta’kidlamasangiz ham bo‘laveradi dedim.
Ular:
— Iya , neojidanna-ku! Qayerdan bilasan? — deb so‘ragan savollariga:
— Farosatim yo‘qligini birdan bir isboti sizday odamni tanlab turmushga chiqqanligim, farosatim bo‘lganda shu ishni qilarmidim? — dedim.
Ular bir zum hayron qoldilar-da , keyin:
— Kechir, farosatxon! — dedilar.
Xullas, hamma ishlar joyida…
So‘nggi so‘z:
Ayollar ! So‘z — buyuk qudrat! Hamma gap uni ishlata bilishda.
Iltimos, so‘zlarni aql bilan qo‘llab, uyingiz va hayotingizni nurga to‘ldiring…

Hazonrezgi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun