Kuzning har kuni g‘animat

Date:

Angor tumani mirishkorlari tomonidan kuzning har bir kunidan unumli foydalanib, to‘qsonbosti usulida ekinlarni parvarish qilishga alohida e’tibor berilmoqda. Tumanning “Yuqori Tallimaron” mahallasida yashovchi Abbos Sherboyev “Xomkon” mahallasi hududidan 30 sotix yer maydonini elektron onlayn auksion orqali ijaraga olgan. Ushbu yer maydonida to‘qsonbosti ekinlarini parvarishlab, munosib daromad olib kelayotgan mirishkorlardan biri sanaladi.
Hozirda gulkaramning brokolli navini ekib, parvarish qilmoqda. Angor tumanida Abbos Sherboyev kabi yerdan unumli foydalanib, ekin-tikin qiladiganlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Joriy yilda 5 ming 749 gektar maydonga “to‘qsonbosti” usulida sabzavot ekinlari ekib yetishtirish belgilangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun