344 ta murojaatning 336 tasi hal

Date:

Termiz shahridagi Matbuot uyi binosida viloyat adliya boshqarmasi va adliya bo‘limlari tomonidan o‘tgan 2024-yilning 9 oyligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.  Unda viloyat adliya tizimi xodimlari, ommaviy axborot xodimlari, bloger hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Safar Tursunov ma’lumot berdi. Aytish kerakki, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib

tushgan jami 11 749 ta murojaatning 10 869 tasi hal etilib, shundan 53 foizi (6190) tasi qanoatlantirilgan, 4 679 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 533 tasi ko‘rib chiqish uchun vakolatli organga yuborilgan, 347 ta murojaat hisobot davridan qoldiq bo‘lib o‘tgan.

Shuningdek, “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 344 ta murojaatning 336 tasi hal etilib, shundan 24 foizi qanoatlantirilib, 256 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan, 3 tasi vakolatli organga yuborilgan.

Tadbir so‘nggida ushbu mavzular yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxssislar tomonidan yetarlicha javob olishdi.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun