Sanoat yarmarkasi ochildi

Date:

“Termiz xalqaro savdo markazi” hududida Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli transformatsiya markazi, “Airitom free zone”, O‘zbekiston qurilish materiallari sanoat korxonalari hamda Uzkimyosanoat uyushmalari hamkorligida tashkil etilgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yarmarkaning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, xolding kompaniyalari hamda ishbilarmon doiralar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, Afg‘oniston davlatidan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari qatnashishdi.
Viloyat rahbari tadbirni ochib berar ekan, respublikamizda ishlab chiqaruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali sanoat salohiyatini rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilib, samarali choralar ko‘rilayotganini ta’kidladi hamda xalqaro savdo markazi Afg‘oniston bilan o‘zaro savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy aloqalarni yangi bosqichda rivojlantirishda muhim maydonga aylanganini qayd etdi.
Shuningdek, Afg‘oniston tomonidan so‘zga chiqqan rasmiylar bu kabi yirik sanoat yarmarkasining Termiz xalqaro savdo markazi hududida tashkil etilishi, afg‘on tadbirkorlari uchun berilayotgan yana bir imkoniyat ekanligini qayd etdi.
Ikki kun davom etadigan tadbirdan ko‘zlangan maqsad mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini o‘rganib chiqish, kelgusida sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish va ish ko‘lamini kengaytirish uchun buyurtmalar portfelini shakllantirishdan iborat.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tibor va g‘amxo‘rlik inson hayotini o‘zgartiradi

Jamiyatda inson qadrini ulug‘lash, ayniqsa, e’tibor va ko‘makka muhtoj...

Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Sharqiy Xitoy pedagogika universitetining Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktori,...

TerDUda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda

Termiz davlat universitetida talabalar uchun yangi imkoniyat — Harbiy...

Tojikistonda o‘zbekzabon aholi uchun yangi maktablar quriladi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon mamlakatdagi o‘zbekzabon aholining ona tilida...
KunTun
KunTun