Xitoydan xushxabarlar…

Date:

Maktabgacha ta’lim muassasalarida munosib ta’lim-tarbiya berilayotganini bolajonlar erishayotgan yutuq va muvaffaqiyatlar ko‘rsatib turadi. Ya’ni Qumqo‘rg‘on tuman 30-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchisi Bunyod Mamatmurodov mental arifmetika bo‘yicha Xitoyda o‘tkazilgan musobaqada faol ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Albatta, dunyoning rivojlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan o‘g‘il-qizlarning mental arifmetikadagi bilimlari sinovdan o‘tkazilganda o‘zbek bolajonining bunday yutug‘i har bir vohadoshimizda faxr va iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi. Ana shunday bilimli, tirishqoq va zukko bolalarimiz safi kengaysa, albatta, davlatimiz kelajagidan qayg‘urmasak ham bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

EKOLOGIK BILIM VA TASHABBUSLAR BELLASHUVI

Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish...

Polvonlik shaʼni va mardlik sharafi ulugʻlanmoqda

Surxon vohasida azaldan mardlik, jasorat va polvonlik qadrlangan. Bugun...

Vazn toifasida tengsiz

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati,...

KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida...
KunTun
KunTun