Ikkinchi nodavlat universitet o‘z faoliyatini boshladi

Date:

“O‘qiyman” degan borki, imkon topadi. Tanlagan sohasi bo‘yicha o‘qish, til o‘rganish, bilimlarini sinovdan o‘tkazish eng yaxshi yo‘l aslida. Bugun “bali yetmapti”, “omadi kelmapti” degan bahonalarga o‘rin yo‘q, o‘qishni istasangiz, qiziqish va ishtiyoqingiz bo‘lsa kifoya. Ilm dargohi shunday bir qaynoq dengizki, keraksiz cho‘p va haslarni dengizning to‘foni sohilga chiqarib tashlaganidek, bilimsiz, ishtiyoqsizlarning o‘zi qaynoq muhitdan chiqib ketaveradi. Ammo tajribali professor-olimlar mahorati har qanday ishtiyoqsiz yoshni ham o‘z sohasiga qiziqishini oshirib, bir necha yil ichida tayyor kadr sifatida tayyorlab chiqarayotganliklarini ko‘rib, kuzatib turibmiz. Buning uchun imkon berilsa, kifoya.
Ha, bali yetmasa, oshirilgan kontrakt to‘lab talaba bo‘lish imkoni bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib, bunday imkoniyatlarimiz anchayin kengaydi. Nodavlat universitetlarning faoliyati yo‘lga qo‘yilgani esa ana shunday imkonlarning biridir. Yurtimizda nodavlat ta’lim muassasalarining faoliyati yo‘lga qo‘yilgani esa haqiqatan ham oliy ta’lim olish istagi kuchli bo‘lgan yoshlarning orzu va istaklari ro‘yobga chiqadigan bo‘ldi. Shu paytga qadar birgina Surxondaryo viloyatida 5 ta davlat oliy ta’lim muassasasining borligi sohalar va mutaxassisliklar kesimida yoshlar uchun eng yaxshi tanlov bo‘lgan bo‘lsa, Termiz iqtisodiyot va servis universitetining ochilgani ham katta xushxabar sifatida qabul qilingan edi. Albatta, yaxshi xabarning qanoti bo‘lganidek, viloyatimizda nodavlat oliy ta’lim muassasasi soni yana bittaga ko‘paydi.
Sho‘rchi tumanida Navoiy innovatsiyalar universiteti tashkil etildi. Ushbu universitetning tantanali ochilish marosimi katta tantanaga aylanib ketdi. Tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi. Aytish kerakki, universitet 16 ta yo‘nalishda bakalavrlarga soha sirlari bo‘yicha ta’lim bersa, 3 ta yo‘nalishda magistrlar tahsil oladi.
Universitet zamonaviy sharoit va qulayliklar bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lib, o‘quv auditoriyalari, laboratoriya xonalari, kompyuter va IT xonalari maxsus jihazlangan bo‘lib, yaratilgan qulayliklar yoshlarni munosib tahsil olishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, universitet kutubxonasi marosimga ishtirok etganlarning e’tiborini tortdi. Barcha kerakli o‘quv qo‘llanmalari, adabiyotlar bilan ta’minlangan kutubxona mutaxassislikni yanada yaxshiroq o‘zlashirish, nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun ayni muddao. Darvoqe, universitet Hindistonning “MIT World Peace” universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan. O‘z navbatida, bu esa talabalar uchun qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida xorijiy davlatlarda ham tahsil olish imkoniyatini yaratadi. Universitet talabalari zamonaviy o‘quv uslublaridan foydalangan holda xalqaro darajadagi sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yana bir nodavlat universitetning faoliyat boshlashi vohada ta’lim tizimining rivojlanishi va xorijiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishi aniq.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘zbekistonda dron ishlab chiqariladi

O‘zbekiston delegatsiyasining Malayziyaga xizmat safari davomida hamkor davlat bilan...

“Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘i yaratiladi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot”...

O‘zbekiston—Rossiya: yangi mexanizm joriy etiladi

Rossiyada vaqtincha mehnat qilish istagidagi fuqarolar uchun O‘zbekistonda maxsus...

3,5 ming kambag‘al oilalar farzandlari uchun imtiyoz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash...
KunTun
KunTun