Ona tilim bilan millat barhayot

Date:

Til bor ekan, millat barhayotdir. Xalq barhayotligi — o‘zligida, o‘z tilidadir. Til har bir millatning ko‘zgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Darhaqiqat, ne-ne allomalarimiz tilimizning qudrati va ezguligidan so‘zlaydi. Ona tilimizning buyukligi, serqirra va serjiloligi, sirli jozibasi bizni o‘ziga maftun etadi.
Ona tili — har bir insonning kimligini, madaniyatini va ruhiyatini belgilovchi muhim omil. U xalqning tarixi, an’analari va qadriyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Ona tili orqali biz o‘z fikrlarimizni, hissiyotlarimizni ifoda etamiz, bilim va tajribalarni avloddan-avlodga o‘tkazamiz. Ona tilining boyligi va go‘zalligi uni o‘rganishga va saqlab qolishga undaydi. Shuningdek, ona tilini yaxshi bilish nafaqat shaxsiy rivojlanish, balki jamiyatimizning taraqqiyotiga ham hissa qo‘shadi. Tilimizdagi she’rlar, hikoyalar va afsonalar bizni yurtimizning o‘ziga xosligini tushunishga yordam beradi.
Oʻzbekiston til erkinligiga erishgandan ko‘p o‘tmay, o‘z mustaqilligini e’lon qildi hamda oʻzbek millati dunyoga yana o‘zining tarixiy ajdodlari kabi ilm-u fan, san’at, sport va turli sohalardagi yutuqlari bilan munosib izdoshlar o‘sayotganligini, jahonga o‘z o‘rni borligini ko‘rsatib kelmoqda. Yurtimizda bayramlarning keng nishonlash barobarida, ona tilini e’zozlash, ona tilini yosh avlod qalbida chuqurroq singdirish, millatga, vatanga sadoqatli, pok iymonli farzandlar tarbiyalanmoqda.
Bugungi kunda ona tilimizni himoya qilish va rivojlantirish juda muhimdir. Har birimiz ona tilimizga hurmat bilan yondashib, uni kelajak avlodlarga yetkazishimiz zarur. Tilimiz sofligini saqlash orqali biz o‘z madaniyatimizni saqlab qolamiz va unga yangi nafas bag‘ishlaymiz.

Faxriddin Kurbonov,
Sherzod Ochildiyev,
TerDU o‘qituvchilari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tibor va g‘amxo‘rlik inson hayotini o‘zgartiradi

Jamiyatda inson qadrini ulug‘lash, ayniqsa, e’tibor va ko‘makka muhtoj...

Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Sharqiy Xitoy pedagogika universitetining Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktori,...

TerDUda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda

Termiz davlat universitetida talabalar uchun yangi imkoniyat — Harbiy...

Tojikistonda o‘zbekzabon aholi uchun yangi maktablar quriladi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon mamlakatdagi o‘zbekzabon aholining ona tilida...
KunTun
KunTun