Tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatganlik uchun subsidiya beriladi

Date:

Suv — tekin emas. Shunday ekan, uni isrof qilmasdan, tejash yo‘llarini qidirish lozim. Albatta, bunday loyihalar munosib qo‘llab-quvvatlanib, rag‘bat ham borligi kishini quvontiradi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritishda suv tejozchi tizimlardan foydalanish eng yaxshi qulaylik bo‘ldi. 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab ko‘chat payvandtaglari uchun barcha turdagi subsidiyalar bekor qilindi. Ushbu tartib «Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-344-sonli qarorda belgilab qo‘yildi.
Shu bilan birga, 2025-yil 1-yanvardan intensiv mevali bog‘ va uzumzorlarda tomchilatib sug‘orish tizimlari o‘rnatgani uchun sifat darajasini belgilovchi koeffitsiyentni qo‘llagan holda 1 gektar uchun 16 million so‘mdan oshmagan miqdorda, suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash uchun suv quvurlarining o‘lchamidan (diametri) kelib chiqib, 40 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha, «in-vitro» usulida yaratilgan mevali payvandtagli ko‘chatlarni sotib olish xarajatlari uchun ushbu xarajatlarning 50 foizi miqdorida, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajriba asosida meva va tok ko‘chatlarini sertifikatlashtirish tartibi ishlab chiqilib, ko‘chatlarni sertifikatlashtirish tizimi joriy qilinadi va subsidiyalar ajratiladi.
Ma’lumot uchun qaror bilan belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 2024-2027-yillarda 8,2 ming ga yer maydonida anjir, 2 ming ga yer maydonida funduk va 477 ga yer maydonida zaytunzorlarni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun