Ehtiyotsizlik sabab…

Date:

Yoshi ulug‘larimiz o‘t balosidan, suv balosidan asrasin deya bejizga aytishmaydi. Haqiqatan ham ofatlar, baxtsiz hodisalar kutilmaganda sodir bo‘ladi. Muhimi, har qanday hodisadan talafotsiz o‘tib, shirin jonlarga ozor tegishiga yo‘l qo‘ymaslik. Jarqo‘rg‘on tumani “Guliston” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “ZANG” kanalining Nurli kelajak ko‘chasi qismiga ushbu ko‘chada yashovchi fuqaroning “VAZ-2106” rusumli avtomashinasi tushib ketgan. Voqeaning guvohi bo‘lganlar zudlik bilan FVBga xabar berishgan.
Xabar kelib tushganidan FVV qutqaruvchilari tezkorlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni kanaldan chiqarib olishdi. Shukrki, avtomobilda hech kim bo‘lmagan, ma’lum bo‘lishicha, haydovchi avtomobilni qo‘l tormozini ko‘tarishni unutgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun