Uzunda loyihalar bilan tanishildi

Date:

Turizm — yosh va rivoj topib borayotgan soha. Ayniqsa, Surxondaryo viloyatida turizm sohasiga katta e’tibor qaratilayotir. Zamonaviy, yulduzli mehmonxonalar, mehmon uylari qurishdan tortib, xizmat ko‘rsatish nuqtalari, xavfsizlik, qo‘riqlash masalalari, tur paketlar tashkil etish jihatlari ham inobatga olingan. Eng muhimi, vohaga tashrif buyuradigan mehmon aeroportdan tushib, qayga yo‘li tushmasin, yurtimizning, Surxonimizning qadriyatlarini, an’analarini, milliylik ruhini his etadi. Miliy taomlarimiz, milliy mato-yu liboslarimiz esa hech bir mehmonning e’tiboridan chetda qolmaydi va bir umrga yodida qoladi.

Turistlarni vohaga jalb qilish maqsadida amalga oshirilgan ishlar esa o‘zbekona hayotni, surxondaryoliklarning kundalik turmushini, yumushlarini yanada yaxshiroq ko‘rsatib berishga xizmat qilayotir. Hududlarda “Yoshlar va turizm ko‘chasi”ning tashkil etilayotgani esa fikrimiz isbotidir. Bunday ko‘chalar qanday bo‘lishiga qiziqayotganlar, islohotlar nasimini his etishni istaganlar esa tashkil etilayotgan “Yoshlar va turizm ko‘chasi”ga mehmon bo‘lsa, kifoya.

Uzun tumanida ham aynan shunday ko‘cha tashkil etilishi rejalashtirilgan. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlar hamda loyihalar qurilishi bilan tanishish maqsadida Uzun tumanida bo‘lib,“B.Omonov” bog‘i negizida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qariyb 4,5 milliard so‘mlik loyiha asosida bunyod etilayotgan Agentlik bog‘idagi qurilish ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirib, ushbu bog‘ hududida tashkil etilishi rejalashtirilgan “Yoshlar va turizm ko‘chasi” loyihasi taqdimoti bilan tanishdi.

Tumanda e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda, osmono‘par binolar, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining qurilayotgani, hududni ulkan qurilish maydoniga aylantirib yuborgan. Ayniqsa, tumanning “O‘zbekiston” mahallasida ko‘p qavatli turar joylar qurish loyihasi taklifi ayni boradagi muhim ishlardan biridir. “Kapital Golden” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan taklif etilayotgan 2 ta 7 qavatli turar joylar kompleksi qurish loyihasi yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi hamda qurilishni shaharsozlik normalariga asosan amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.

Keyingi manzilda viloyat rahbari “Uzun Neuromed” xususiy korxonasi tomonidan barpo etilayotgan tibbiy diagnostika tashxis va davolash markazi qurilishi bilan tanishdi. Umumiy qiymati 10 mlrd so‘mni tashkil etuvchi markaz 50 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda Yaponiya, Germaniya va Janubiy Koreya davlatlaridan keltirilgan tibbiy asbob-uskuna va texnologiyalarni o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Viloyat rahbari tuman tibbiyot birlashmasi hududida “Technology Team” MChJ tomonidan quvvati 400 kVt bo‘lgan qayta tiklanuvchi elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi va Yangi kuch mahallasida tashkil etilgan “Mahalla servis kompaniyasi” faoliyati, mavjud imoniyatlari bilan tanishdi. Shuningdek, ushbu mahallada yashovchi ko‘makka muhtoj oila xonadoniga tashrif buyurilib, mavjud muammolari o‘rganildi. Mutasaddilarga oilaning davolanish va boshqa muammolarini hal etish topshirig‘i berildi.

Viloyat rahbari hududlarga tashrifi davomida Uzun tumani hokimligida videokonfrensaloqa shaklida viloyatda “Kambag‘allikdan farvonlik sari” dasturiga asosan amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi, ijro intizomi, faollar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarning hal etilishi hamda Sarisoiyo tumani “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining qurilishini muhokama qildi. Mutasaddilarga tegishli vazifalar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ehson

— Alo, Assalomu alaykum, bu ehsonchi akani telefonlarimi?— Vaaleykum...

Giyohvandlikka qarshi kurash masalalari muhokama qilindi

Giyohvandlik, psixotrop moddalarga ruju qo‘yish holatlariga afsuski, duch kelmoqdamiz....

MTTda o‘yin maydonchalari barpo etilmoqda

Bog‘cha bolajonlarning sevimli maskani. Do‘stlari bilan vaqtini mazmunli o‘tkazadigan,...

“Turon yoʻlbarslari” bellashishdi

Surxondaryo viloyatida joylashgan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab...
KunTun
KunTun