Shartlar o‘zgardi

Date:

Albatta, kredit barcha muammolarga munosib yechim va ish boshlovchilar uchun muhim sarmoyadir. Banklar ishonch bildirib kredit ajratdimi, bu ishonchni oqlash bilan birga o‘z ishimizni yo‘lga qo‘yib, tadbirkor sifatida oyoqqa turib olishimiz shart. Kredit olaturib, birinchi navbatda, yillik foiz stavkasiga ham e’tibor qaratamiz.
Ayni jihatlarni hisobga olgan holda «Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash» kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-312-son, 07.09.2024 y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, «Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash» kompleks dasturi doirasida quyidagi mexanizmlar amaliyotga joriy etiladi va bir loyiha doirasida 300 million so‘mgacha mikrokreditlarni, shundan 100 million so‘m garovsiz qismini «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ mablag‘lari hisobidan, 200 million so‘mgacha qismini banklar va mikromoliya tashkilotlarining o‘z mablag‘lari hisobidan ajratiladi.
Shuningdek, garovsiz ajratilgan 100 million so‘m doirasida mikrokreditlar bo‘yicha kredit tavakkalchiligini davlat va mikrokredit beruvchilar o‘rtasida taqsimlash yoki ular bo‘yicha Kompaniyaning portfel kafilligini taqdim etish yo‘lga qo‘yiladi. Qolaversa, mikrokredit beruvchilar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan 100 million so‘mgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish tizimiga o‘tish boshlanadi.
Dastur doirasida 100 million so‘mgacha garovsiz mikrokreditlar kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan va ijobiy kredit tarixiga ega kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi.
2024-yil 1-noyabrdan kichik tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan hudud toifasidan kelib chiqqan holda Kompaniya tomonidan mikrokredit beruvchilarga 12,5-18 foiz stavkalarida qayta moliyalashtiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun