Surxondaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi

Date:

Termiz Muhandislik texnologiya institutida Surxondaryo viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlari huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili D.Kasimov ishtirokida vohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
Muloqotda vohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Ochiq muloqotdan koʻzlangan maqsad vohada ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, aholi bandligini, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining bandligi taʼminlashda tadbirkorlarga qulaylik yaratishdan iborat.
Ishlab chiqarish quvvatini oshirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish, yangi tashabbus va imkoniyatlardan samarali foydalangan holda ish oʻrinlari yaratish, qoʻshimcha bozor topish, aholi bandligini taʼminlash borasida ishbilarmonlarning taklif va tashabbuslari tinglandi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun