Bitta daraxt kesgan 10 tup ko‘chat ekadi

Date:

Ekologik madaniyatimizni oshirish uchun doimiy ravishda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boramiz. Bu bizning ekologiyaga zarar yetkazishdan, suvni ifloslantirishdan, chiqindi tashlashdan tiyishiga ishonamiz. Ammo shunday insonlar borki, mana shunday global muammolardan ko‘ra o‘z manfaatini ustun qo‘yadi. Sho‘rchi tuman Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida fuqaro xonadoni oldida o‘sib turgan o‘suvchanligini yo‘qotmagan bir tup terak daraxtini noqonuniy ravishda kesib olgani ma’lum bo‘ldi.
Aniqlangan holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga asosan BHMning 25 barobari – 8 million 500 ming so‘m hisobida ma’muriy jarima belgilandi.
Shuningdek, fuqoroga kesilgan bir tup daraxt uchun kompensatsiya tarzida 10 tupdan ko‘chat ekish va uni parvarishlab berish majburiyati yuklatildi. Zora, ko‘chat ekib, uni parvarishlab, tiriklikka zarar yetkazish xato ekanini tushunib yetsa…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun